Korrupsiya – bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoki boshqalarning manfaatlarini ko‘zlab, moddiy yoki nomoddiy foyda olish maqsadida qonunga xilof harakat qilishidir. Shu bilan birga, korrupsiyaga oid faoliyatni qonunga muvofiq taqdim etish ham unga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni quyidagi davlat organlari amalga oshiradi:
-Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
-Bosh prokuratura
-Davlat xavfsizlik xizmati
-Ichki ishlar vazirligi
-Adliya vazirligi
-Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentlari
Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:
- Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
- Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish; javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar qonunchilikka muvofiq jazo choralariga sabab bo‘ladi. Sud qaroriga ko‘ra, bunday shaxslar muayyan huquqlardan, shu jumladan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan mustahkamlangan.
FIB Xatirchi tuman sudi tizimida xodimlar o‘rtasida suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarini oldini olish, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda sud rahbariyati xodimlar va ularning oila a’zolari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda:
-Xodimlar uchun yaratilayotgan qulay ish sharoitlari,
-Ijtimoiy himoya va moddiy-texnik ta’minot,
-Kasbiy intizom va odob-axloq kodeksi qoidalariga rioya qilish zaruriyati,
Fuqarolar bilan adolatli va hurmat bilan muomala qilish masalalari batafsil muhokama qilinadi.
FIB Xatirchi tuman sudi tizimida korrupsiyaga qarshi kurash va xodimlarning sharafli kasbga sodiq xizmat qilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar doimiy ravishda davom etmoqda.
Fuqarolik ishlari bo’yicha Xatirchi tuman sudi raisi v.v.b
Sh.Sh.Karimov